locale OZ

“Arsenal” “Milan” yulduzini nishonga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” “Milan” yulduzini nishonga oldi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi yozgi transferlar vaqtida o'z tarkibini “Milan“ hujumchisi Rafael Leau bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “kanonirlar” vingerga qiziqish bildirayotganiga qaramay, u londonliklar uchun ustuvor variant emas. Biroq, taxminan 10 kun oldin “Arsenal” sport direktori Andrea Berta Leau bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Ma'lumot uchun, Leau joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting