\"Arsenal\" Lewis-Skelly bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images
"Arsenal" chap qanot himoyachisi Maylz Lewis-Skelly bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, 18 yoshli futbolchi o'tgan mavsumning haqiqiy kashfiyoti bo'ldi. "Kanonirlar"ning asosiy jamoasi uchun Lewis-Skelly 39 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va sheriklariga ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Lewis-Skellyning yangi shartnomasi qancha muddatga tuzilganini "Arsenal" matbuot xizmati ma'lum qilmagan.
Fabrizio Romanoning xabariga ko'ra, mehnat shartnomasi besh mavsumga – 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist