locale OZ

“Arsenal” Kepa Arrizabalaga uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” Kepa Arrizabalaga uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi ispaniyalik posbon Kepa Arrizabalaga transferi uchun 5 million funt tovon puli to'laydi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “kanonirlar” David Rayaga sherik bo'ladigan darvozabon qidirmoqda. Qayd etilishicha, Kepa “Arsenal”ning yozgi transferlar vaqtidagi ilk yangi futbolchisi bo'ladi.

“Arsenal” dastlab “Espanyol” darvozaboni Joan Garsiyaga qiziqish bildirayotgandi, biroq ispaniyalik golkiper faoliyatini “Barselona”da davom ettirishni ma'qul ko'rdi.

Ma'lumot uchun, Kepa Arrizabalaga o'tgan mavsumni “Bornmut”da ijarada o'tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 35 ta o'yin o'tkazib, ularning 9 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting