“Arsenal” Jyul Kunde uchun “Barselona”ga 55 million funt to'lashga tayyor
FOTO: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi “Barselona”ning 26 yoshli qanot himoyachisi Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda va transfer uchun 55 million funt sterling taklif qilmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “kanonirlar” fransiyalik futbolchi uchun “Chelsi” bilan raqobatda yutib chiqmoqchi. Biroq, “Arsenal” Kundeni sotib olishi qiyin bo'ladi. Chunki u Hans-Diter Flik jamoasida muhim rol o'ynaydi.
Ma'lumot uchun, Kunde joriy mavsum barcha turnirlarda 51 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist