locale OZ

“Arsenal” Gyokeresh transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal” Gyokeresh transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ydi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Sporting” hujumchisi Viktor Gyokereshning 80 million yevrolik transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli hujumchi endi “kanonirlar”ning ustuvor maqsadi emas. Londonliklar bor e'tiborini “Leypsig” futbolchisi Benjamin Sheshko va “Aston Villa” a'zosi Olli Uotkinsga qaratishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Gyokeresh o'tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting