locale OZ

“Arsenal\" “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisini nishonga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Arsenal" “Ayaks”ning 19 yoshli himoyachisini nishonga oldi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi “Ayaks” himoyachisi Jorrel Xatoni sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 19 yoshli futbolchining agenti bilan dastlabki muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Tomonlar 2030-yilga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomani muhokama qilishmoqda.

Ma'lumot uchun, Xato o'tgan mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 35 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting