“Arsenal” 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi yozgi transfer oynasida 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Genri Vinter xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” Jakub Kivyor, Ris Nelson, Leandro Trossard, Fabiu Vieyra va Aleksandr Zinchenko bilan xayrlashmoqchi.
Bu futbolchilarning sotilishini hisobiga tushadigan mablag‘lar evaziga tarkibni kuchaytirishga e’tibor qaratiladi. Yuqoridagi o‘yinchilarning ayrimlari yangi jamoalari bilan muzokaralar olib bormoqda.
“Arsenal” o‘z safini 3 nafar yangi futbolchi – Noni Madueke, Kristian Moskera va Viktor Gyokeresh bilan to‘ldirmoqchi.
Bahrom Bobonov
Redaktor