locale OZ

Argentina terma jamoasi so‘nggi 6 ta jahon chempionati bahslarida 5-bor chorak final bosqichiga yo‘llanma oldi

Joriy yildan boshlab jahon chempionatida pley-offning qo‘shimcha bosqichi — 1/16 final joriy etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Argentina terma jamoasi so‘nggi 6 ta jahon chempionati bahslarida 5-bor chorak final bosqichiga yo‘llanma oldi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
07.07.2026, Yak.
Argentina
3
Misr
2

Argentina terma jamoasi so‘nggi 6 ta jahon chempionati bahslarida 5-bor chorak final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bugun Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 1/8 finalda Misr terma jamoasini mag‘lub etdi (3:2) va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

2006 va 2010 yillarda argentinaliklar JCHning chorak final bosqichida o‘z yurishlarini to‘xtatishgan, 2014 yilda finalgacha yetib borib, Germaniyaga imkoniyatni boy berishgan, 2018 yilda 1/8 finaldayoq musobaqa bilan xayrlashishgan bo‘lsa, 2022 yilgi turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan edi.

Qayd etish lozimki, joriy yildan boshlab jahon chempionatida pley-offning qo‘shimcha bosqichi — 1/16 final joriy etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting