locale OZ

Lionel Messi to‘qqiz yoshidayoq superyulduz bo‘lgan: asosiy jamoa futbolchilari mashg‘ulotdan keyin «mitti sehrgar»ni tomosha qilish uchun qolishgan

Sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi va jahon chempioni bo‘lishidan ancha avval Lionel Messi Rosarioda tirik afsonaga aylangandi.
Eksklyuziv yangiliklar
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Lionel Messi to‘qqiz yoshidayoq superyulduz bo‘lgan: asosiy jamoa futbolchilari mashg‘ulotdan keyin «mitti sehrgar»ni tomosha qilish uchun qolishgan
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
07.07.2026, Yak.
Argentina
3
Misr
2

Sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi va jahon chempioni bo‘lishidan ancha avval Lionel Messi Rosarioda tirik afsonaga aylangandi. U «Barselona»ning La Masiya akademiyasiga ko‘chib o‘tishidan oldin «Nyuells Old Boyz» yoshlar jamoasidagi o‘yinlari bilan shu qadar katta taassurot qoldirganki, klubning asosiy tarkib futbolchilari uning mahoratini tomosha qilish uchun o‘z ishlarini to‘xtatib turishgan.

photo: gettyimages

Asosiy jamoa futbolchilari «mitti sehrgar»dan hayratda qolishgan

«Nyuells Old Boyz»ning sobiq futbolchisi, keyinchalik futbolchilik faoliyatini yakunlab, rassomlik bilan shug‘ullana boshlagan Matias Fondato yosh Messi atrofidagi g‘ayrioddiy muhitni esladi.

Fondato Messidan bir necha yosh katta bo‘lishiga qaramay, u va asosiy jamoaning boshqa futbolchilari klub akademiyasida raqiblarini birin-ketin mag‘lub etayotgan iqtidorli bola haqida yaxshi bilishgan.

— Hamma jamoalarni tor-mor qilayotgan «mitti sehrgar» haqida gapirardi. O‘sha paytda men asosiy jamoaga endigina qo‘shilayotgandim. Mehmonxonaga ketishdan oldin butun asosiy jamoa uning o‘yinlarini tomosha qilish uchun qolardi. Dushdan chiqqanimizdan keyin avtobus jo‘nab ketgunicha biroz vaqtimiz bo‘lardi va biz uning uchrashuvlarini ko‘rishga borardik. Uning o‘yinini tomosha qilish aql bovar qilmas darajada edi. Hozirgi Messi bilan deyarli bir xil edi, faqat o‘shanda u to‘qqiz yoshda edi, — dedi Fondato talkSPORT nashriga.

photo: gettyimages

«87-yillar mashinasi» va Maradonaga qiyoslar

Messi to‘p tepgan yoshlar jamoasi mashhur «87-yillar mashinasi» nomi bilan tanilgan. Ushbu jamoa uch yil davomida birorta ham uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan.

Messi juda yosh bo‘lishiga qaramay, mahalliy muxlislar uni Diego Maradonaga qiyoslay boshlashgandi. Bunga Messining 1993-yilda Maradonaning «Nyuells Old Boyz» safidagi debyut uchrashuvini stadiondan tomosha qilgani ham sabab bo‘lgan.

To‘qqiz yoshida Messi Marselo Biyelsa stadionida muxlislar qarshisida to‘p bilan turli harakatlarni bajarib, ularni hayratga solardi. Tribunalar esa uning ismini aytib hayqirardi.

— Eng asosiy jihat uning bo‘yi edi. U juda kichkina edi, ammo o‘z tengqurlariga qarshi o‘ynaganda kattalardek fikrlayotgandek ko‘rinardi. Balki o‘sha paytda uning kelajakda hozirgi darajasiga yetishini aytish qiyin bo‘lgandir. Biroq uning shu yoshdagi boshqa bolalardan mutlaqo farq qilishi yaqqol ko‘rinib turardi, — dedi Fondato.

photo: gettyimages

Vaqtga bo‘ysunmaydigan meros

Messi Ispaniyaga tarixiy transferini amalga oshirishidan oldin «Nyuells Old Boyz»ning asosiy jamoasi safida birorta ham rasmiy uchrashuv o‘tkazmagan. Shunga qaramay, uning Argentinadagi ta’siri hamon saqlanib qolgan.

Yoshlar jamoasidagi o‘yinlaridan o‘nlab yillar o‘tgan bo‘lsa-da, Messi jahon futbolida yuqori saviyada o‘ynashda davom etmoqda. Uning sobiq jamoadoshlaridan biri Pedri ham argentinalik futbolchining ajoyib sport formasi va uzoq yillik barqarorligini alohida e’tirof etgan.

Fondato uchun Messining 2022-yilgi Jahon chempionatida kubokni boshi uzra ko‘tarishi Rosarioda boshlangan hikoyaning mantiqiy yakuni bo‘ldi.

— Bir paytlar Argentinada ayrim odamlar: «U Jahon chempionatida g‘olib bo‘la olmayapti, hech qachon bunga erishmaydi», deb norozilik bildirishardi. U Jahon chempionligini qo‘lga kiritganidan keyin ham shuncha yil davomida bir xil yuqori saviyada o‘ynashda davom etayotgani aql bovar qilmaydi. Men futbol ichida bo‘lgan inson sifatida uning imkoniyatlariga hech qachon shubha qilmaganman, — dedi Fondato.


photo: gettyimages


Messi Argentina sardori sifatida bugun yana bir tarixiy voqeani amalga oshirdi. Bu safar Jahon chempionati 2026 nimchorakfinalida «mitti sehrgar» va uning jamoasi kambek amalga oshira oldi. Lionel hammasiga loyiqmi? Lotin Amerika vakillari bu safargi mundialda qayergacha yetib bora oladi?

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting