Arda Gyuler uchun mavsum yakunlandi
Qolaversa, jahon chempionatigacha ham tiklanishi noma'lum bo'lib qolmoqda.
ФОТО: Getty images
“Real” yarim himoyachisi Arda Gyuler jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Bugun “Real” tibbiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, futbolchi Arda Gyulerning o‘ng oyoq son biseps mushagida jarohat borligi aniqlandi», — deyiladi madridliklar bayonotida.
Ayrim manbalarga ko‘ra, futbolchi joriy mavsumda “qaymoqranglilar”ga yordam bera olmaydi. Qolaversa, jahon chempionatigacha ham tiklanishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Joriy mavsumda Arda Gyuler “Real” safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist