Arda Gyuler Istanbuldan 5 qavatli villa sotib oldi – narxi barchani hayratga soldi
2023 yil yozida “Fenerbahche”dan ispan grand jamoasiga o'tgan yosh futbolchi bu safar maydondagi o'yini emas, balki investitsiyasi bilan e'tibor qozondi. Gyuler so'nggi paytlarda jamoada o'z o'rnini mustahkamlab, muxlislar mehrini qozongan. Endi esa u Istanbulning Beykoz tumanida joylashgan 5 qavatli hashamatli villani xarid qildi. Bu uy uning oilasi uchun sotib olingani ma'lum qilindi.
Villaning narxi qancha?
Haberturk nashriga ko'ra, Beykozdagi Acarkent hududida joylashgan ushbu 5 qavatli villaning bahosi 3 million dollar (116 milliard 579 million so'm)ga teng.
Ma'lumot uchun, Arda Gyuler “Real Madrid” bilan 2029 yil 30 iyungacha shartnoma imzolagan bo'lib, u klubdan yiliga 5,2 million yevro (227 milliard 737 million so'm) maosh olmoqda.