locale OZ

Arda Gyuler “Arsenal”ga o‘tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arda Gyuler “Arsenal”ga o‘tishi mumkin
Photo: Getty Images

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyuler faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin.

Marca xabar berishicha, “to‘pchilar” turkiyalik iqtidorli xavbek uchun 40 million yevro sarflashga tayyor. Shuningdek, Gyuler xizmatiga “Aston Villa”, “Liverpul” va “Tottenxem” jamoalari tomonidan ham qiziqish bor.

Futbolchi “Real”da asosiy tarkibdan joy olmayotganidan norozi va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish tarafdori. Shu sababli yozda APLga yo‘l olishi ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, Arda joriy mavsum “Real” tarkibida 34 ta o‘yinda 3 gol urdi va 7 assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting