locale OZ

Arda Guler “Real” prezidenti Florentino Peresga ultimatum qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arda Guler “Real” prezidenti Florentino Peresga ultimatum qo'ydi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Arda Guler, agar Karlo Anchelotti jamoada qoladigan bo'lsa, yozda “Qirollik klubi”ni tark etmoqchi.

Real Madrid Confidential xabariga ko'ra, turkiyalik forvard bu haqda klub prezidenti Florentino Peresga aytib, uni ogohlantirgan.

Gulerning aytishicha, u “Real” tarkibida juda kam o'ynamoqda. Arda joriy mavsum La Ligada 20 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, Gulerning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting