locale OZ

Arbeloa Karvaxal va Mbappening holati haqida gapirdi

Bu futbolchilar jarohat sabab safdan chiqqandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arbeloa Karvaxal va Mbappening holati haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 34-turida "Espanyol" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yindan so‘ng “qaymoqranglilar” hujumchisi Kilian Mbappe va Madrid klubi himoyachisi Daniel Karvaxalning sog‘lig‘i haqida fikr bildirdi.

“Bu hafta Mbappening ahvoli qanday bo‘lishini ko‘ramiz. O‘tgan haftadagi testlardan so‘ng hammasi uzoqroqqa cho‘ziladigandek tuyulgandi, ammo... uning tiklanishi qanday ketishini ko‘ramiz. Karvaxal bilan ham xuddi shunday. Menda uning mavsum oxirigacha o‘ynay olishiga, tiklanib, maydonga tushgan holda mavsumni munosib yakunlashiga hali ham katta umid bor. Menimcha, Dani Karvaxal bunga loyiq. Shunday emasmi?” — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe La Liganing 32-turida “Betis”ga qarshi o‘yinda chap oyog‘ining yarim pay mushagidan jarohat olgan edi. Karvaxalda esa 2-may kuni o‘ng oyog‘ining beshinchi barmog‘i distal falangasining yorilishi tashxisi qo‘yilgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting