locale OZ

Araujo «Barselona»da qolishni istamoqda

Bu haqida Cadena SER nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Araujo «Barselona»da qolishni istamoqda
ФОТО: Getty images

«Barselona» klubi himoyachisi Ronald Araujo atrofidagi transfer mish-mishlariga qaramay, jamoada qolish niyatida. Bu haqida Cadena SER nashri xabar berdi.

Avvalroq OAVda «Barselona» urugvaylik himoyachini sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining atrofidagilar uning klubda qolishi kerak deb hisoblashmoqda. Manbaga ko‘ra, Araujoning o‘zi ham aynan shu fikrda.

Eslatib o‘tamiz, Ronald Araujo «Barselona» asosiy jamoasi safida 2020 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifi bo‘ldi.

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida Araujoning ruhiy holati bilan bog‘liq ayrim muammolar haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting