Aprel oyi yakunlariga ko'ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi
FOTO: Getty Images
IFFHS aprel oyining eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, birinchi o'rinni “Barselona”ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal egalladi.
Ikkinchi o'rindan yana bir kataloniyaliklar yulduzi Rafinya joy oldi. Kuchli uchlikni PSJ vingeri Usmon Dembele yakunlab berdi.
Ma'lumot uchun, Yamal aprel oyida “Barselona” safida 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist