locale OZ

APL'ning ikki grandi Yamalga transfer taklifi bilan chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL'ning ikki grandi Yamalga transfer taklifi bilan chiqdi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining ikki grand klubi “Barselona” vingeri Lamin Yamalga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “Manchester Siti” va “Liverpul” 17 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kataloniyaliklar rahbariyati bilan bog'langan. Biroq ispaniyalik yulduz “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolash uning asosiy maqsadi ekanligini aytgan.

Ma'lumot uchun, Yamalning “ko'k-anorranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting