locale OZ

APL. Siti bir necha yildan keyin mehmonda Liverpulni mag'lubiyatga uchratdi

Abduqodir Husanov 61-daqiqada jarohat tufayli zahiraga olindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Siti uzoq yildan keyin mehmonda Liverpulni mag'lubiyatga uchratdi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
08.02.2026, Yak.
Liverpul
1
Manchester Siti
2

APL 25-tur doirasidagi Liverpul hamda Manchester Siti jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu qarama-qarshilikda shaharliklar kambek evaziga g'alabani ilib ketdi.

Bahs 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Soboslai 74-daqiqada supergol bilan hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Silva muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada Holand penaltini aniq amalga oshirdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, jarohat sabab 61-daqiqada zaxiraga olindi. Donnarumma bilan to‘qnashib ketib, hushini yo‘qotdi. Gvardiola esa o‘yinni davom ettirishni istagan himoyachini zaxiraga olishga qaror qildi.

Natijada «Liverpul» 40 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. «Siti» 50 ochko to‘plab, 2-pog‘onada.

APL. 25-tur
Liverpul – Manchester Siti 1:2
Gollar: Soboslai 74 – Silva 84, Holand 90+3.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez (Kiyeza, 90+4), Makallister, Soboslai, Gravenberh, Gakpo (Jons, 85), Virts, Saloh, Ekitike.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Abduqodir Husanov (Diash, 61), Gehi, Ait-Nuri, O'Rayli, Rodri, Silva, Semenyo (Ake, 90+7), Marmush (Sherki, 61), Holand.
Ogohlantirishlar: van Deyk 47 – Marmush 42, Gehi 69.
Chetlatish: Soboslai 90+13.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting