locale OZ

APL. «MYU» oʻz maydonida «Brayton»ni yengib, toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi

Mankunianliklar ketma-ket uchinchi bor gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «MYU» oʻz maydonida «Brayton»ni yengib, toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
25.10.2025, Yak.
Manchester Yunayted
4
Brayton
2

Angliya Premyer-ligasining 9-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Yunayted» oʻz maydonida «Brayton»ni qabul qildi va yakunda mankunianliklar 4:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Dastlab 24-daqiqada Mateus Kunya hisobni ochdi. 34-daqiqada Kazemiro oradagi farqni ikkataga yetkazdi. 61-daqiqada Brayan Mbemo jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

74-daqiqada esa Denni Uelbek hisobni qisqartirdi. 90+2-daqiqada Xarakambos Kostulas mehmonlarning ikkinchi golini urdi, biroq 90+7-daqiqada Mbemo dublni rasmiylashtirib, uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.

Shu tariqa, «MYU» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 16 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa koʻtarilib oldi. «Brayton» esa 12 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

APL. 9-tur

«Manchester Yunayted» — «Brayton» 4:2

Gollar: Kunya (24), Kazemiro (34), Mbemo (61, 90+7) — Uelbek (74), Kostulas (90+2).

Manchester Yunayted — Lammens, Dalot, Yoro, De Ligt, Shou (Heven, 65), Amad (Dorgu, 70), Kazemiro (Maynu, 70), Fernandesh, Mbeumo, Kunya (Ugarte, 81), Sheshko.

Brayton — Verbryuggen, Van Hekke, Dank, Ryutter (Kostulas, 79), Minteh, Baleba (Milner, 59), Uelbek, Kadio‘g‘li, Ayyari (Gomes, 60), Viffer (Simas, 87), De Kuyper (Uotson, 59).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting