locale OZ

APL. «MYu» mehmonda «Brayton»ni yirik hisobda mag'lub etdi

Brunu Fernandesh assistlar bo'yicha APLda yangi rekord o'rnatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «MYu» mehmonda «Brayton»ni yirik hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
24.05.2026, Yak.
Brayton
0
Manchester Yunayted
3

"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining so'nggi 38-turida safarda "Brayton" darvozasiga javobsiz uchta gol urib, yirik g'alabani qo'lga kiritdi — 3:0.

“Qizil iblislar” safida Patrik Dorgu, Brayan Mbeumo va Brunu Fernandesh o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Portugal futbolchisi nafaqat gol urdi, balki bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi. Joriy mavsumdagi 21-golli uzatmasi bilan portugal yarim himoyachi APLning yangi rekordini o'rnatdi.

Mavsum yakunlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 71 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinni egalladi. "Brayton" esa 53 ochko bilan 8-pog'onada joylashdi.

Angliya Premyer-ligasi. 38-tur
"Brayton" — "Manchester Yunayted" — 0:3
Gollar: Patrik Dorgu 33 (0:1), Brayan Mbeumo 44 (0:2), Brunu Fernandesh 48 (0:3).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting