locale OZ

APL. Manchester Siti o'z uyida Brentfordni yirik hisobda mag'lub qildi

Angliya Premer-ligasi 36-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Manchester Siti o'z uyida Brentfordni yirik hisobda mag'lub qildi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
09.05.2026, Yak.
Manchester Siti
3
Brentford
0

Angliya Premer-ligasi 36-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qildi. Bellashuv 3:0 hisobida «shaharliklar»ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Dastlab Doku hisobni ochdi. 75-daqiqada Erling Holand mavsumdagi 26-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 90+2-daqiqada Marmush yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Bu bellashuvda Abduqodir Husanov jarohat tufayli qaydnomadan ham o‘rin olmadi.

Shu tariqa, Gvardiola jamoasi ochkolari sonini 74 taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. «Brentford» 51 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.

APL. 36-tur
Manchester Siti – Brentford 3:0
Gollar: Doku 60, Holand 75, Marmush 90+2
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Gehi, Ake, Reynders (Foden, 60), Semenyo, O'Rayli, Silva, Sherki (Marmush, 60), Doku, Holand.
Brentford – Kelleher, Hiske (Yanelt, 62), Kollins, Ayer, Kayode, Yensen, Yarmolyuk (Henderson, 79), Damsgard (Dango, 68), Lyuis-Potter, Tiago, Shade.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting