locale OZ

APL. Manchester Siti Londonda Chelsini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Manchester Siti Londonda Chelsini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
12.04.2026, Yak.
Chelsi
0
Manchester Siti
3

«Manchester Siti» Angliya chempionatining 32-turi doirasida kechgan bahsda «Chelsi» ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Niko O'Rayli hisobni ochdi. 57-daqiqada Mark Gexi «shaharliklar»ning ustunligini oshirgan bo‘lsa, 68-daqiqada Jeremi Doku mezbonlar darvozasiga uchinchi golni urdi. Rayan Sherki ushbu o‘yinda ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» barcha turnirlarda ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 64 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 6 ochko ortda qolmoqda, biroq «shaharliklar»da zaxirada yana bitta o‘yin mavjud.

«Chelsi» esa 48 ochko bilan Angliya chempionatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

APL. 32-tur
Chelsi — Manchester Siti 0:3
Gollar: O‘Rayli 51, Gexi 57, Doku 68.
Chelsi: Sanches, Gyusto (Acheampong, 88), Fofana, Xato, Kukurelya, Kaysedo (Essugo, 82), Santos (Garnacho, 67), Palmer, Estevao (Laviya, 68), Netu, Joau Pedro (Delap, 81).
Manchester Siti: Donnarumma, Nunesh, Husanov, Gexi, O‘Rayli (Ait-Nuri, 64), Rodri, Silva (Kovachich, 81), Semenyo, Sherki (Foden, 76), Doku (Savinyo, 76), Holand.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting