APL. «Manchester City» safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Husonov zaxiradan maydonga tushdi
Photo: Getty Images
Angliya Premyer-ligasi 1-turida “Manchester City” safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘ynadi.
Gollarga boy kechgan o‘yinda “shaharliklar” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Erling Holand uchrashuvda dublga erishdi.
Shuningdek, yozgi transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan Reynders va Sherki ham o‘z hisobiga bittidan gol yozib qo‘ydi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov 82-daqiqada Jon Stounz o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
APL. 1-tur
Vulverxempton 0:4 Manchester City
Gollar: Holand 34, 61, Reynders 37, Sherki 81
Bahrom Bobonov
Redaktor