APL. «Liverpul» oʻz maydonida «Lids» bilan durang oʻynadi
Angliya chempionatining 19-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.01.2026, Yak.
Liverpul
0
Lids
0
Angliya Premer-ligasining 19-turi doirasida «Liverpul» va «Lids Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuv davomida jamoalar darvozasiga gol kiritilmadi.
Mazkur natijadan so‘ng «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 19 ta o‘yinda 33 ochko jamg‘argan bo‘lib, peshqadam «Arsenal»dan 12 ochkoga ortda qolmoqda. «Lids Yunayted» esa 21 ochko bilan turnir jadvalining 16-pog‘onasida joylashgan.
Keyingi turda «Liverpul» 4 yanvar kuni «Fulhem»ga qarshi maydonga tushadi. Xuddi shu kuni «Lids Yunayted» «Manchester Yunayted» bilan kuch sinashadi.
APL. 19-tur
«Liverpul» — «Lids» 0:0
Nasrullo Karimov
Jurnalist