locale OZ

«Lids» «Liverpul»ning toʻrtta oʻyindan iborat gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi

Hozirda mersisaydliklar APL turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lids» «Liverpul»ning toʻrtta oʻyindan iborat gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
01.01.2026, Yak.
Liverpul
0
Lids
0

Angliya Premer-ligasining 19-turi doirasida «Liverpul» va «Lids Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, «Lids Yunayted» «Liverpul»ning barcha musobaqalarda qayd etilgan to‘rt o‘yinlik g‘alabali seriyasiga barham berdi.

Bungacha «qizillar» Chempionlar ligasida Italiyaning «Inter» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan, shuningdek Angliya chempionatida «Brayton» (2:0), «Tottenhem» (2:1) va «Vulverxempton» (2:1) ustidan g‘alaba qozongandi.

Hozirda «Lids Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. Jamoa 19 ta o‘yindan so‘ng 21 ochko jamg‘argan. «Liverpul» esa 33 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi. Turnir jadvalida peshqadamlikni 45 ochkoga ega «Arsenal» qo‘lga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting