locale OZ

APL. Husanovsiz “Manchester Siti” autsayderga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. Husanovsiz “Manchester Siti” autsayderga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi
FОТО: Reuters
Angliya Premer-ligasi
10.05.2025, Yak.
Saugempton
0
Manchester Siti
0

Angliya Premyer-ligasining 36-turidan o'rin olgan bahsda “Manchester Siti” safarda “Sautgempton” mehmoni bo'ldi va yakunda tomonlar nursiz durangga imzo chekishdi.

Ushbu o'yinda “shaharliklar” raqib darvozasi tomon 26 bor zarba yo'lladi, biroq ularning 5 tasigina manziliga aniq yetib bordi. “Sautgempton” posboni esa hamma zarbani bartaraf etdi.

Shu tariqa, “Manchester Siti” ushbu o'yindan so'ng o'z ochkolari hisobini 65 taga yetkazib, APL turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov qaydnomaga ham kiritilmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting