locale OZ

APL. «Aston Villa» Uotkinsning dubli evaziga safarda «Chelsi»ni magʻlub etdi

Birmingemliklar turnir jadvalida uchinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Aston Villa» Uotkinsning dubli evaziga safarda «Chelsi»ni magʻlub etdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
27.12.2025, Yak.
Chelsi
1
Aston Villa
2

Angliya Premyer-ligasining 18-turi doirasida «Chelsi» hamda «Aston Villa» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. «Stemford Brij» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 37-daqiqasida Joau Pedru hisobni ochib, londonliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda «Aston Villa» tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. 63-daqiqada Olli Uotkins muvozanatni tikladi, 84-daqiqada esa u dublni rasmiylashtirib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng «Chelsi» 29 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. «Aston Villa» esa 39 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.

APL. 18-tur

«Chelsi» — «Aston Villa» 1:2

Gollar: Pedru (37) — Uotkins (63, 84).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting