APL. «Arsenal» safarda «Sanderlend» bilan durang oʻynadi
Angliya Premyer-ligasining 11-turidan oʻrin olgan bahsda «Arsenal» safarda «Sanderlend» mehmoni boʻldi va yakunda tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi.
Dastlab hisob 36-daqiqada Daniel Ballard tomonidan ochildi. 54-daqiqada Bukayo Saka muvozanatni tikladi.
74-daqiqada Leandro Trossard londonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Brayan Brobbey mezbonlarni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, «Arsenal» ushbu natijadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 26 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Sanderlend» esa 19 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
APL. 11-tur
«Sanderlend» — «Arsenal» 2:2
Gollar: Ballard (36), Brobbey (90+4) — Saka (54), Trossard (74).
Sanderlend — Rufs, Mandava, Gertryuyda, Ballard, Mukiele, Hum, Jaka, Traore (Talbi, 64), Sadiki, Le Fre, Izidor (Brobbey, 63).
Arsenal — Rayya, Timber, Saliba, Gabriel, Kalafiori, Rays, Subimendi, Eze (Moskera, 88), Trossar, Merino, Saka.