locale OZ

APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Brayton»ni magʻlub etib, yana birinchi oʻringa qaytdi

Angliya Premyer-ligasining 18-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. «Arsenal» oʻz maydonida «Brayton»ni magʻlub etib, yana birinchi oʻringa qaytdi
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
27.12.2025, Yak.
Arsenal
2
Brayton
1

Angliya Premyer-ligasining 18-turi doirasidan oʻrin olgan «Arsenal» va «Brayton» jamoalari o‘rtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hisob 14-daqiqada «Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Edegor tomonidan ochildi. 52-daqiqada esa mehmonlar hujumchisi Jorjinyo Ryutter o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. 64-daqiqada «Brayton» yarimhimoyachisi Diego Gomes bitta gol bilan javob qaytardi, ammo bu yakuniy natijaga ta’sir qilmadi.

18 turdan so‘ng «Arsenal» 42 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brayton» esa 24 ochko bilan 12-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda, 30 dekabr kuni «Arsenal» o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi. «Brayton» esa shu kuni safarda «Vest Hem»ga qarshi bahs olib boradi.

APL. 18-tur

«Arsenal» — «Brayton» 2:1

Gollar: Edegor (14), Ryutter (avtogol, 52) — Gomes (64).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting