Anvar Ilyasov: \"Raqib qo'zichoq emas, bo'ri o'rmondan chiqib yeb ketadigan\"
Sports24.uz taniqli fotograf Anvar Ilyasovning o'yin oldi fikrlari bilan qiziqdi:
"To'g'risi ko'p OAV vakillari ko'p maqtab yuborishyapti va huddi osongina g'alaba qozonib, yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgandek. Blogerlar u yoqda tursin, OAV ko'p hissiyotlarga berilib ketmoqda. Og'ir o'yin bo'ladi. Raqib qo'zichoq emas, bo'ri o'rmondan chiqib yeb ketadigan.
Menimcha jamoa katta bosimda, ruhiy tomondan ham shunday. Men ularga ishonaman, vakillarimiz maydonda borini berib harakat qilishadi. Kapadze yaxshi murabbiy, u shogirtlariga to'g'ri yo'l ko'rsatishiga ishonaman.
Agar natija yomon bo'lsa, hakamlar, issiq havo, maydon kabilarni ko'rsatish mumkin. G'alabada sherik ko'p bo'ladi, mag'lubiyat esa yetim bo'ladi",-deydi Ilyasov