locale OZ

Antonio Ryudiger operatsiya qilinishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antonio Ryudiger operatsiya qilinishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger tizzasidan operatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Ryudiger bir necha oydan beri chap tizzasidagi og'riqlar bilan maydonda harakat qilgan. Uning meniskusida muammolar bor va bu so'nggi o'yinlarda zo'riqish tufayli yomonlashgan.

Qayd etilishicha, operatsiya to'g'risidagi qaror mavsum yakunlanganidan so'ng qabul qilinadi. Antonio bo'lajak o'yinlarda jamoaga yordam bera olish uchun har kuni fizioterapevtlar bilan ishlamoqda.

Ma'lumot uchun, Ryudiger joriy mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting