Antonio Ryudiger operatsiya qilindi
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger tizzasidan olgan jarohati sabab operatsiya qilindi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati xabar berdi.
Hozircha futbolchining tiklanishi uchun qancha vaqt kerakligi ma'lum qilinmagan.
Ma'lumot uchun, Ryudiger joriy mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 24 million yevroga baholanmoqda.
“Real” o'zining navbatdagi o'yinini 4-may kuni Ispaniya La Ligasi doirasida “Selta”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.