locale OZ

Antonio Ryudiger faoliyatini APL'da davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Antonio Ryudiger faoliyatini APL'da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini APL'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Deadlinedaylive nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik futbolchi o'zining sobiq jamoasi “Chelsi”ga qaytishi mumkin. “Aristokratlar” yozgi transferlar vaqtida Ryudigerni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli himoyachi 2017-yildan 2022-yilgacha londonliklar sharafini himoya qilgan.

Ma'lumot uchun, Ryudigerning “Real Madrid” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 24 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting