Antonio Konte: «Barsa»ning o‘yinini tomosha qildim va avval ismini ham eshitmagan chap qanot himoyachisini ko‘rdim»
Mutaxassis «Barselona»ning 19 yoshli chap qanot himoyachisi Xavi Espartning o‘yiniga yuqori baho berdi.
photo: gettyimages
Antonio Konte «Barselona»ning 19 yoshli chap qanot himoyachisi Xavi Espartning o‘yiniga yuqori baho berdi. Yosh futbolchi joriy mavsumda asosiy tarkibdan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
«Barsa»ning o‘yinini tomosha qildim va avval ismini ham eshitmagan chap qanot himoyachisini ko‘rdim. Sharhlovchining aytishicha, o‘tgan mavsumda u atigi to‘rt marta maydonga tushib, har safar o‘n daqiqadan o‘ynagan yoki shunga o‘xshash. Yozda uni ijaraga berishmoqchi ham bo‘lishgan. Ammo endi u asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘zini shunchalik erkin namoyon etmoqda».
Xavi Espart joriy mavsumda «Barselona» safida oltita o‘yinda maydonga tushib, bir gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdi.