Antoni «Xetafe»ga qarshi bahsda toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi
Braziliyalik futbolchi super gol urishni maqsad qilgandi.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
23.11.2025, Yak.
Betis
1
Jirona
1
«Betis» hujumchisi Antoni Ispaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan «Jirona»ga qarshi uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
Braziliyalik futbolchi 89-daqiqada akrobatik zarba berishga uringan vaqtda raqib futbolchisi Xoel Rokening yuziga butsi bilan tegib ketgani sabab maydondan haydaldi. Epizod VAR orqali ko‘rib chiqilgach, bosh hakam Iosu Galek Apektsegia Antonini o‘yindan chetlashtirishga qaror qildi.

Bu Antoni uchun fevral oyidan beri birinchi qizil kartochka boʻldi. O‘shanda u «Xetafe»ga qarshi La Liga uchrashuvida (2:1) maydondan chetlatilgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist