locale OZ

Angliya Liga kubogi. «Arsenal» penaltilar seriyasida «Kristal Pelas»ni magʻlub etib, yarimfinalga chiqdi

«Kanonirlar» final yoʻllanmasi uchun bahsda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Angliya Liga kubogi. «Arsenal» penaltilar seriyasida «Kristal Pelas»ni magʻlub etib, yarimfinalga chiqdi
FOTO: Getty Images
Angliya Liga kubogi
23.12.2025, Yak.
Arsenal
1
Kristal Pelas
1

Angliya Liga kubogi chorak finali doirasida «Arsenal» va «Kristal Pelas» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuvning asosiy vaqtida jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi, penaltilar seriyasida esa «kanonirlar» 8:7 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida «Kristal Pelas» himoyachisi Maksans Lakrua o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va shu orqali «Arsenal»ni oldinga olib chiqdi. Biroq 90+5-daqiqada Mark Gehi hisobni tenglashtirdi va o‘yinni penaltilar seriyasiga olib keldi. Penaltilar bahsida esa omad «kanonirlar» tomonida bo‘ldi.

Natijada, «Arsenal» Angliya Liga kubogi yarim finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Yana bir yarim final juftligida «Nyukasl Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Yarim finalning dastlabki uchrashuvlari 12 yanvar kuni, javob o‘yinlari esa 2 fevral sanasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Angliya Liga kubogining amaldagi sohibi «Nyukasl Yunayted» hisoblanadi. «hakkalar» o‘tgan mavsum finalida «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Liga kubogi. Chorak final

«Arsenal» — «Kristal Pelas» 1:1 (pen. 8:7)

Gollar: Lakrua (avtogol, 80) — Gehi (90+1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting