Arteta: «Yarimfinalga chiqqanimizdan juda xursandman»
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga kubogi chorak finalidagi «Kristal Pelas» bilan uchrashuv (1:1, 8:7 penaltilar) haqida fikr bildirdi.
«Yarimfinalga chiqqanimizdan juda xursandman. Biz raqib darvozasida vaziyat yaratish juda qiyin bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynadik. Shu bilan birga, ko‘plab imkoniyatlar yaratdik va ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Hisobni qulayroq qilmaganingizda bunday holatlar sodir bo‘lishi mumkin. Ikkinchi taymda raqib ko‘proq agressiv o‘ynashni boshladi, ammo umuman olganda bu yana bir g‘alaba va men bundan juda xursandman», — deydi Arteta.
«Arsenal» 80-daqiqada raqib himoyachisi Maksans Lakrua tomonidan o‘z darvozasiga urilgan avto-gol evaziga hisobni ochgan, 90+5-daqiqada esa «Kristal Pelas» himoyachisi Mark Gehi hisobni tenglashtirgan. Penaltilar seriyasi esa 16-chi zarbagacha davom etdi, bunda ham Maksans Lakrua gol ura olmadi va «kanonirlar» g‘alabani qo‘lga kiritdi.