locale OZ

Andrey Lunin faoliyatini Ispaniyaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Andrey Lunin faoliyatini Ispaniyaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini Ispaniyaning boshqa top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defense Central nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Atletiko Madrid” ukrainalik golkiperga qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. “Matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasiga yangi darvozabon qidirmoqda.

Luninning “Real” bilan shartnomasi 2030-yilgacha mo'ljallanganiga qaramay, darvozabonning klub bilan og'zaki kelishuvi bor. Agar unga foydali taklif kelib tushsa, transfer amalga oshirilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Lunin joriy mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting