Andre Onananing qimmatbaho mashinasi musodara qilindi
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” darvozaboni Andre Onananing 350 ming funt sterlinglik Lamborghini Urus rusumli avtomashinasi politsiya tomonidan musodara qilindi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, politsiya Onaning do'stlaridan biri boshqarib kelayotgan mashinani to'xtatgan. Tekshiruvlar natijasida sug'urta yo'qligi aniqlangan va avtomobilni evakuatorga ortib, jarima maydonchasiga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, kamerunlik golkiper 14 kun ichida avtomobil egasi ekanligini va sug'urta borligini isbotlashi kerak. Aks holda, mashina kimoshdi savdosiga qo'yilishi yoki butunlay yo'q qilinishi mumkin.
Nasrullo Karimov
Jurnalist