Anchelottining Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasi moliyaviy jihatdan oshkor etildi
Anchelottining Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasi moliyaviy jihatdan oshkor etildi
O Globo nashri Karlo Anchelotti va Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) o‘rtasidagi ehtimoliy shartnoma tafsilotlarini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassisga 2026 yilgi jahon chempionati tugaguncha, ya’ni 14 oylik shartnoma taklif etilgan. Uning oylik maoshi 4 million braziliya realiga (taxminan 625 ming yevro) teng bo‘ladi.
Bundan tashqari, agar Braziliya jahon chempioni bo‘lsa, Anchelotti 5 million yevro miqdorida mukofot puli oladi. Shartnoma doirasida qo‘shimcha qulayliklar ham nazarda tutilgan — jumladan, Yevropaga parvozlar uchun shaxsiy samolyot.
Bakradze Iman
Redaktor