locale OZ

Anchelotti Neymarni JCh-2026'ga olib ketmasligi mumkin

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi futbolchining holatidan qoniqish hosil qilmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti Neymarni JCh-2026'ga olib ketmasligi mumkin
FOTO: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Santos» hujumchisi Neymarni 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritmasligi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

«So‘nggi paytlarda Neymar bilan gaplashmadim. Qachon tiklanib, yana oʻynay olishini koʻramiz. Jahon chempionati uchun bizga juda yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega futbolchilar kerak.

Men intensiteti yetarli boʻlmagan oʻyinchini bir-ikki uchrashuvda maydonga tushirishim mumkin, ammo butun turnir uchun bunday futbolchini chaqirish niyatim yoʻq. Bizga har bir futbolchi oʻzining eng yaxshi holatida kerak», — dedi Anchelotti.

Ma'lumot uchun, Neymar «Santos» safida mushak jarohatidan soʻng maydonga qaytdi va oʻtgan haftada «Fortaleza»ga qarshi bahsda 24 daqiqada oʻynadi. Uning jismoniy holati hozircha Anchelottini ishontirganicha yoʻq. Shu sababdan murabbiy Neymarni mundialga olib borish masalasida bosh qotirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting