locale OZ

Anchelotti JCh-2026 favoritlari qatoriga Braziliyani qo‘shishni istamadi

Ular favoritlar deb 6 ta terma jamoani sanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti JCh-2026 favoritlari qatoriga Braziliyani qo‘shishni istamadi
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi yil yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 favoritlarini aytib o‘tdi.

"Favoritlarmi? Odatdagidek. Fransiya, Ispaniya, Angliya, Germaniya, Argentina, Portugaliya. Ammo JCh-2026da 48 ta jamoa bo‘ladi, shuning uchun kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin. Ertaga biz Angliyani 3:1 hisobida mag‘lub etgan Senegal bilan o‘ynaymiz. Ular xuddi Marokash kabi kuchli jamoa", - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Sky Sports Italia.

Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni. 2022 yilgi turnir finalida Argentina terma jamoasi Fransiya bilan to‘qnash keldi. O‘yin asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi, ammo penaltilar seriyasida Argentina ustun keldi (4:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting