locale OZ

Anchelotti Eldor Shomurodovning murabbiyi bo'ladimi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti Eldor Shomurodovning murabbiyi bo'ladimi?
Rasm: gettyimages.com

Karlo Anchelottining o‘g‘li — Davide Anchelotti — yaqin kunlarda mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkin. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar berdi. 34 yoshli mutaxassis so‘nggi yillarda otasi bilan birga Yevropa grandi jamoalarida ishlagan va hozirda turli takliflarni ko‘rib chiqmoqda. Manbalarga ko‘ra, eng real variantlardan biri — Shotlandiyaning "Reyndjers" klubi.

"Reyndjers"dan tashqari, Davidega Ispaniya La Ligasining ikki jamoasi ham qiziqish bildirgan, ammo ularning nomi hozircha oshkor etilmagan. Yana bir ehtimoliy yo‘nalish — Eldor Shomurodov to‘p surayotgan Italiyaning "Roma" klubi.

Karlo Anchelottining "Real"ni yaqin vaqt ichida tark etishi Davidega ham yangi bosqichni boshlash imkonini yaratadi. U qayerda faoliyat boshlaydi — Shotlandiya, Ispaniya yoki Italiyada — buni vaqt ko‘rsatadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting