Anchelotti: «Bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi saboq boʻldi»
Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidagi magʻlubiyatdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
«Nima sodir boʻlganini tushunib turibmiz. Birinchi golni oʻtkazib yuborganimizdan soʻng jamoa oʻyinga boʻlgan ruhini yo'qotdi. Bu bizning eng katta xatomiz boʻldi. Menimcha, ikkinchi boʻlimda kerakli darajadagi kayfiyat bilan oʻynamadik. Bu xato bizga qimmatga tushdi.
Yoʻq, maʼlum futbolchilarning xatolari milliy jamoa chaqiruvlariga taʼsir qilmaydi. Bizni jamoaning birinchi goldan keyingi reaksiyasi orqali baholash mumkin. Bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi saboq boʻldi.
Biz ayrim narsalarni toʻgʻrilashimiz kerak, ayniqsa, bu ikkinchi boʻlimdagi oʻyinga taalluqli. Diqqatliroq boʻlish lozim. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda birinchi boʻlimda juda yaxshi, ikkinchisida esa juda yomon o'ynadik.
Oʻz xatolarimizdan saboq olishimiz kerak. Jamoaning eng katta xatosi — birinchi goldan keyingi notoʻgʻri reaksiyasi boʻldi», — dedi Anchelotti.
Eslatib oʻtamiz, Braziliya birinchi boʻlimda 0:2 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq Yaponiya ikkinchi boʻlimda 3 ta gol urib, kambek amalga oshirdi va tarixda ilk bor Braziliyani magʻlub etdi.