locale OZ

Anchelotti Braziliya terma jamoasini qabul qilmaydi: sabablar va «Al-Hilol»dan yangi taklif

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti Braziliya terma jamoasini qabul qilmaydi: sabablar va «Al-Hilol»dan yangi taklif
Anchelotti Braziliya terma jamoasini qabul qilmaydi: sabablar va «Al-Hilol»dan yangi taklif

Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvi amalga oshmadi. Relevo nashrining xabariga ko‘ra, asosiy sabab — «Real Madrid» klubining pozitsiyasi bo‘ldi: jamoa murabbiyni 2025 yil AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatigacha qo‘yib yubormoqchi emas.

Bu holat Braziliya futbol konfederatsiyasining rejalariga to‘g‘ri kelmadi — ular yangi bosh murabbiyni iyun oyidagi uchrashuvlarga tayinlashni istagan. Natijada muzokaralar to‘xtatildi va tomonlar kelishuvga erisha olmadi. Hozirgi kunda Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida «Al-Hilol»ni boshqarayotgan portugaliyalik Jorje Jezush ko‘rilmoqda.

Shu paytda Karlo Anchelotti boshqa taklif oldi — aynan shu «Al-Hilol»dan. Marca nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya klubi unga yiliga 50 million yevro maosh to‘lanadigan shartnoma taklif qilgan. 65 yoshli mutaxassis hozirda o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilish arafasida.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting