Ana holos! Vinisius Junior futboldan chetlatilishi mumkin
FОТО: The Sporting Tribune
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior ustidan tekshiruv o'tkazmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchi bir nechta futbol klubiga egalik qilgani uchun manfaatlar to'qnashuvini buzganlikda gumon qilinmoqda. Agar braziliyalik vingerning aybi isbotlansa, ikki yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist