locale OZ

Ana holos! “Real Madrid” futbolchisi bolalar pornografiyasini tarqatishda ayblanmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ana holos! “Real Madrid” futbolchisi bolalar pornografiyasini tarqatishda ayblanmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi himoyachisi Raul Asensio bolalarga oid pornografik kontentlarni ruxsatsiz tarqatgani uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Asensio 2023-yilning iyun oyida voyaga yetmagan bola ishtirokidagi nomaqbul videoni tayyorlash va tarqatishda ayblangan. Biroq 22 yoshli futbolchi sud tomonida ushbu ishda aloqadorlikdan oqlangan.

Ammo endilikda Gran Kanariya sudi uni boshqa jinoyatda ayblamoqda. U sobiq sheriklari: Ferran Ruis, Andres Garsiya va Xuan Rodriges tomonida suratga olingan videoni ruxsatsiz tarqatishda gumon qilinmoqda.

AS nashrining xabariga ko'ra, jabrlanuvchining vakillari Asensio uchun 4 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda. Shuningdek, uning sobiq sheriklariga nisbatan ham bolalar pornografiyasi va maxfiy ma'lumotlarni tarqatish bo'yicha ish ochilishi so'ralmoqda.

Hozirda mazkur holat bo'yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Klub ham, futbolchi ham voqeaga hozircha hech qanday rasmiy munosabat bildirmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting