locale OZ

Ana holos! Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ana holos! Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis CBF prezidenti Ednaldo Rodriges bilan bog'lanib, bildirilgan qiziqish uchun o'z minnatdorligini bildirgan.

Qayd etilishicha, Karlo hozirda Saudiyaning nomi oshkor qilinmagan klubidan keladigan muhim taklifni ko'rib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, Anchelotti klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida “Real Madrid”ni boshqaradi va ushbu turnirdan so'ng klubni tark etib, boshqa jamoani boshqarishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting