locale OZ

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi egalaridan biriga aylanishi mumkin

Tomonlarning har biri bitimga kamida 92 million yevro sarmoya kiritmoqchi.
«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi egalaridan biriga aylanishi mumkin
photo: gettyimages

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi egalaridan biriga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda DAZN Portugal.

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli portugaliyalik va yana to‘rt nafar investor «An Nasr»ni sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Tomonlarning har biri bitimga kamida 92 million yevro sarmoya kiritmoqchi.

Ronaldu 2022 yilning dekabr oyidan buyon «An Nasr» safida to‘p tepmoqda. Ungacha hujumchi «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublari sharafini himoya qilgan.

Portugaliyalik futbolchi besh karra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, Portugaliya milliy jamoasi bilan esa Yevropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasida zafar quchgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting