Amorimning tanlovi aniq
Manchesterliklar yarim himoyani kuchaytirishni maqsad qilgan.
Фото: Sky Sports
"Manchester United" bosh murabbiyi Ruben Amorim qaysi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni ma'qul ko'rayotgani ma'lum bo'ldi.
The i Paper nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Crystal Palace" yarim himoyachisi Adam Wharton "Manchester United" short-listida, "iblislar" o'tgan yozda sotib olmoqchi bo'lgan "Brighton" xavbeki Carlos Balebani ortda qoldirdi.
Portugaliyalik mutaxassis Whartonning o'yinidan hayratda, chunki u har doim hujumni kuchaytirishni maqsad qilgan.
Joriy mavsumda 21 yoshli Wharton barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda o'nta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga bitta assist yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari xavbekning narxini 45 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist